"EMMM" DUK yangiliklari

Hamkorlikda olib boriladigan tadbirlar mustahkamlanmoqda

“Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2022-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ning 2-bandida, Vazirlik va idoralarning Samarqand viloyat boshqarmalari bilan o‘quv seminarlari tashkil etish belgilangan.

Ushbu rejaning bajarilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Аxborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasining Samarqand viloyat hududiy inspeksiyasi hamda Samarqand viloyat EMMX xodimlari hamkorligida Samarqand viloyati Davlat bojxona boshqarmasi xodimlari uchun texnik o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quv seminarda O‘zR AT va KR vazirligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasidan mutaxassis I.Tojiyev, O‘zkomnazorat Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasi inspektorlari A.Obloqulov va R.Karimovlar hamda Samarqand viloyat EMMX 1-toifali muhandislari A.Olmasov va J.Kodirovlar o‘zlarining ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Texnik o‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli qarorining 4-5-ilovalari atroflicha muhokama qilindi.

Samarqand viloyati Davlat bojxona boshqarmasi xodimlarini qiziqtirgan barcha savollariga soha mutaxassislari atroflicha va mazmunli javoblar berishdi. Bunday texnik o‘quv seminarlarining tashkil etilishi, Vazirlik va idoralarning Samarqand viloyatidagi boshqarmalari o‘rtasidagi hamkorlikda olib boriladigan ishlarning yanada mustahkamlanishiga olib kelmoqda.


 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX 1-toifali muhandisi A.A.Olmasov

Faylni tanlang