Soha yangiliklari

UNICEF tashkiloti bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov UNICEF tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammadzade bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida UNICEF tashkiloti bilan birgalikda amalga oshirilgan loyihalar, jumladan, qizlarning IT sohasidagi ko‘nikmalarini yanada oshirish, hamda ICT4Girls loyihasini davom ettirish, shuningdek, yangi istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, maktab o‘quvchilariga kompyuter olishlari uchun imkoniyatlarni ko‘paytirish hamda respublika chekka hududlarida internet tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.  
Faylni tanlang