Soha yangiliklari

Toshkent shahridagi Amity universiteti va «Elektron hukumat» markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Toshkent shahridagi Amity universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasi o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi.

Ushbu qaror zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida, shuningdek, ta’lim sohasida rivojlanish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish, O‘zbekistonda axborot jamiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha ish va tadqiqot ustuvorligiga ko‘maklashish shartnomalari asosida kuchga kirdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga ahamiyat berilgan iqtidorli yoshlarni samarali rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish ham muhim ahamiyatga ega.

“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasi respublikamizda AKT sohasining texnik infratuzilmani yanada rivojlantirishning yangi va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Yaqin hamkorlar sifatida davlat muassasasi har bir talabaning davlat miqyosidagi loyihalarda ishtirok yetishi va tajriba orttirishi uchun katta imkoniyat yaratadi.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang