Soha yangiliklari

“Open Data Challenge”ga ariza topshirishga shoshiling!

27-yanvar kuni “Open Data Challenge” start oladi – bu uch kunlik xakaton bo‘lib, unda jamoalar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda raqamli yechimlarni ishlab chiqishda bellashadilar. Xakaton natijalariga ko‘ra, eng qiziqarli yechimlar taklif etgan jamoalar tanlov tashkilotchilari – YXHT, IT Park va Virtual Group IT kompaniyasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladi. Xakatonda ishtirok etish uchun 3 kishidan ko'p bo'lmagan jamoa nomidan umumiy ariza topshirish kerak. Jamoa tuza olmayapsizmi? Muammo emas! Siz shuningdek individual ravishda ariza topshirishingiz mumkin va tashkilotchilar xakatonning birinchi kunida jamoa tuzib berishadi. Batafsil ma'lumot uchun: https://datahack.uz/
Faylni tanlang