Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga mobil aloqa operatorlari tomonidan radioxalaqitlarni bartaraf etish yuzasidan kelib tushgan murojaatlarga asosan joriy yilning 5-iyun kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari tomonidan Shovot tumani Qangli mahallasi hududida radiomonitoring tadbirlari amalga oshirildi. Olib borilgan radiomonitoring tadbirlari natijasida Shovot tumani Qangli mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan o‘rnatib, foydalanib kelayotgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasi mobil aloqa tayanch stansiyalariga salbiy ta’sir qiluvchi radioxalaqit manbai ekanligi aniqlandi.
Mobil aloqa tayanch stansiyalariga salbiy ta’sir qiluvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish maqsadida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilma egasiga ogohlantirish xati berildi va undan foydalanish man qilindi.
Kelgusida bunday holatlarni oldini olish maqsadida Shovot tumani Qangli mahallasi fuqarolari bilan Radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga muvofiq texnik shartlarga mos kelmaydigan boshqa mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish, xorijdan olib kirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev