Soha yangiliklari

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar

Joriy yilning 21-iyul kuni soat 16:00 da Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Namuna” MFY, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi 1-uyda joylashgan Nanay madaniyat uyi binosida Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Jamol Maxsudov boshchiligida raqamli texnologiyalar xizmatlariga oid sayyor qabul yigʻilishi oʻtkaziladi. Sizni mazkur sayyor qabulga taklif etamiz!

Yig’ilishda quyidagi masalalar yuzasidan oʻz savollaringizga javob olishingiz mumkin:
- Internet xizmati;
- mobil aloqa;
- telekommunikatsiya;
- pochta xizmati;
- AT ta’lim va AT yo‘nalishidagi o’quv markazlari faoliyati;
- IT Park rezidentligi maqomini olish va soliq imtiyozlari;
- AT va logistika kompaniyalari uchun imkoniyatlar;
- sun’iy intellekt.


Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza, takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni vazirlik vakillari bilan bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
 
Sayyor qabul manzili:

Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Namuna” MFY, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, Nanay madaniyat uyi binosi

Murojaat uchun telefon:
69 227-24-24

Faylni tanlang