EMMM yangiliklari

Keksalarga hurmat-ehtirom va mehr-oqibat ko‘rsatish ma’naviy hayotimizning ajralmas qismi

Keksalarga bo‘lgan hurmat-ehtirom, onalarimiz, otalarimiz, bobolarimiz, momolarimizning duolarini olish, ayniqsa, ehtiyojmand kishilarning holidan xabar olish, ularning o‘ksik ko‘ngillariga yo‘l topishdek savobli amallar farzdir. Bu azaliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz yanada yaqqolroq nomoyon bo‘lib, mehr va muruvvat xislatlarini o‘ziga jo etgan an’analar o‘z mazmun-mohiyati bilan har jabhada aks etayotganini e’tirof etmoq o‘rinlidir. Haqiqatdan ham, ming yillar davomida shakllangan qadriyat va an’analarimizda keksalarni e’zozlash, yoshi ulug‘ insonlarga alohida hurmat ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb etadi.

 Inson umri tani-sihat salomatligida, el-yurtga naf keltirish baxti, mehr va e’tibordan bahramand bo‘lish bilan havasli. Ayniqsa, kuchdan ketib, qarigan chog‘da e’zozda yashash yoki salomatlik bezovta qilganda foydalanadigan sharoit va imkoniyat bo‘lganiga nima yetsin. Shu o‘rinda dunyoning hech bir mamlakati yoki xalqi keksalar izzatini joyiga qo‘yish va qadrlash borasida bizning yurt va yurtdoshlarimiz singari ehtirom ko‘rsatolmasa kerak. “EMMM” DUK xodimlari ham yurtimizdagi sahovatpesha vatandoshlarimiz kabi muntazam ravishda turli xayriya tadbirlarida ishtirok etib keladilar. Navbatdagi o‘tkazilgan xayriya tadbirlardan biri doirasida Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, Jumagul MFYda istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Pryatkina Natalya Vasilyevnani moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, shuningdek, onaxonning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun “EMMM” DUK xodimlari tomonidan yig‘ilgan pul mablag‘lari evaziga mebel jihozlari, qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilindi.

Fursatdan foydalanib, xayriya tadbirida faol ishtirok etgan barcha “EMMM” DUK xodimlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Faylni tanlang