Soha yangiliklari

O‘zbekiston va Misr: AKT sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun, 29-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Amira Faxmi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida ikki davlatlar o‘rtasida AKT, shu jumladan elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, IT-ta’lim sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov O‘zbekiston va Misr davlatlari o‘rtasida AKT sohasida hamkorlik istiqbollarga ega bo‘lishini ta‘kidladi. O‘z navbatida, Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor Elchisi A. Faxmi O‘zbekistonda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy baho berib, kelgusida ikki davlat o‘rtasida AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratishini ma’lum qildi. Uchrashuv davomida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Misr oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligini hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Faylni tanlang