Soha yangiliklari

O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘rtasida raqamli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun, 5-fevral kuni Olmaota shahrida (Qozog‘iston) “Digital Almaty 2021” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi mamlakatlarning hukumatlari rahbarlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha vazirlar va ma’sul shaxslar hamda yirik Internet loyiha va korxonalarning rahbarlari ishtirok etishdi.

“Digital Almaty” forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiylari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos va Q‘ozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiya va aerokosmik sanoat masalalari bo‘yicha vazirining birinchi o‘rinbosari A.Akhmetjanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida AKT sohasida samarali hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish uchun salohiyat yetarli mavjudligini ta’kidlab, sherikchilik aloqalarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qiziqish bildirishdi.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang