19-25 avgust kunlari Moskva va Korolev shaharlarida mazkur musobaqaning final bosqichi bo'lib o'tdi. Unda Rossiya, O‘zbekiston, Hindiston va BAAdan kelgan maktab o‘quvchilari va talabalar "IntroSat" o‘quv sun’iy yo‘ldoshlari (CubeSat 3U formati) uchun ishlanmalar tayyorladilar va ularni stratosferaga 24 km gacha uchirdilar.
Ushbu xalqaro turnirdagi g‘alaba kosmik texnologiyalarda haqiqiy amaliyot bo'lib, muhandislik kompetensiyalarini mustahkamlash va mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlashda muhim loyiha hisoblanadi.
Biz O‘zbekiston jamoasi bilan faxrlanamiz va musobaqa tashkilotchilari hamda hamkorlariga minnatdorchilik bildiramiz.