2024-yil 31-oktabr kuni Fargʻona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Davlat tili” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Ushbu davra suhbatida Fargʻona Davlat universiteti Filologiya fanlari professori Sabriddinov Akbarali Gafurovich, dotsent Iminov Begzod Bekjanovich hamda Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ishtirok etishdi.
Til - mamlakat timsoli, qimmatbaho mulkdir. Tilni sevish, ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o‘z ifodasini topadi.Til – millat ko‘zgusi, deb bejiz aytishmagan. Xalqimizning ko‘hna va serqirra madaniyati o‘zbek tili- ona tilimiz ta’sirida shakllangan bo‘lib til-millat ma’naviyatining muqaddas ko‘zgusidir deb ta’kidlab oʻtdi Filologiya fanlari professori Akbarali Gafurovich.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad, davlat tili har bir jamiyat hayotida naqadar muhim ahamiyat kasb etishini davra ishtirokchilariga tushuntirishdan iborat edi.
Tayyorladi: Fargʻona viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi D.B. Alimdjanov