Soha yangiliklari

“UZINFOCOM” Qirg‘izistonning “Infocom” davlat korxonasi bilan memorandum imzoladi

Qirg‘iziston Respublikasida “UZINFOCOM” Yagona integratori va Qirg‘iziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi huzuridagi “Infocom” davlat korxonasi o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Ishchi tashrif doirasida “UZINFOCOM” Yagona integratori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, ishchi guruh Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdi hamda “Infocom” DК faoliyati bilan tanishdi. Memorandum – ustuvor yo‘nalishlar identifikatsiya tizimlari va bulutli yechimlar faoliyati bo‘yicha tajriba almashishdan iborat.
Faylni tanlang