Soha yangiliklari

UZMOBILE davlat subdomenidagi resurslarga kirishni bepul qildi

UZMOBILE bundan buyon davlat subdomenida (gov.uz) joylashgan axborot resurslariga kirish uchun ishlatiladigan trafikni narxlamaydigan bo‘ldi.

Ushbu imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-maydagi «O‘zbekiston Respublikasining aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4329-son qarorida ko‘zda tutilgan.

Endi UZMOBILE abonentlari interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishlari, davlat organlarining rasmiy yangiliklari va mamlakat hayotidagi so‘nggi yangiliklardan bepul xabardor bo‘lishlari mumkin.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang