Soha yangiliklari

UzPost tizimida ayollarning o‘rni

Bugungi kunda ayol-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning jamiyatda ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga katta e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek, Pochta tizimida xotin-qizlarning o‘rni beqiyos. Hozirgi kunda UzPost tizimida 3574 nafar xotin-qizlar faoliyat yuritib, ulardan 864 nafari oliy ma’lumotli professional kadrlar hisoblanadi.  Kompaniya tomonidan ayollar mehnati munosib qadrlanib, ularga keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, ularning madaniy hordiq chiqarib, jismonan dam olishlari uchun turli tadbirlar hamda oromgohlarga yo‘llanmalar tashkillashtiriladi.  UzPost xotin-qizlarning sifatli ta’lim olishiga ham alohida e’tibor qaratadi. Quvonarlisi, bugungi kunda 5 nafar ayol-xodimlar, UzPost homiyligi ostida oliy ta’lim muassasasida tahsil olib kelishmoqda.  Ayollarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida doimiy ravishda sport musobaqalari tashkillashtiriladi, qolaversa, xodimlar oilasida ma’naviy muhitni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini tadbiq etish maqsadida xotin-qizlar uchun psixolog hamda malakali shifokorlarning bepul ko‘riklari ham kompaniya tomonidan doimiy ravishda tashkillashtiriladi. Buning natijasida UzPost kompaniyasi tomonidan ayollarning jismoniy va ruhiy salomatligiga qaratilayotgan e’tiborini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Raqamli texnologiyalar vazirligi UzPost jamoasining keyingi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.
Faylni tanlang