"EMMM" DUK yangiliklari

UzQuiz

8-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlari ishtirokida “UzQuiz” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada jami 14 jamoa ishtirok etdi, jumladan, “EMMM” DUK jamoasi ham o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Intellektual o‘yin turli mavzularda 8 turdan iborat bo‘ldi.

Musobaqadan maqsad – yoshlar hamda xodimlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish bilan bir qatorda ular o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stona muhitni yaratishdan iborat.

O‘yin yakunida g‘olib jamoa a’zolariga esdalik sovg‘alar topshirildi.