Soha yangiliklari

UZTELECOMda xotin-qizlar ishlashiga teng imkoniyatlarni ta’minlash – ustuvor vazifalardan biridir

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan “O‘zbektelekom” AK yuqori pog‘onani egallab kelmoqda. Xususan, ayol kadrlar salohiyati 4556 nafar bo‘lsa, kompaniyada xizmat qilayotgan rahbar xotin-qizlar 49 nafarni tashkil etadi.  Qolaversa, UZTELECOMda faoliyat yuritib, shu bilan birga, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan hamda ish o‘rinlari yaratgan ayollar 4 nafarga yetdi. Shuningdek, ijtimoiy-gumanitar soha yo‘nalishi bo‘yicha Kompaniya ayollari o‘rtasida donorlik qilish ham yo‘lga qo‘yildi. Quyida siz UZTELECOMning bir qancha fidoyilari haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz:  Gulyamova Dildora – Xalqaro aloqa operatorlari bilan ishlash bo‘limi, Bosh mutaxassisi, ish tajribasi 25 yil. Gnezdilova Elena – Buxgalteriya hisobi va hisobot boshqarmasi, Hisob-kitob bo‘limi boshlig‘i, ish tajribasi 16 yil. Shukurova Shahnoza – Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi filiali direkori o‘rinbosari, Call-markazi boshlig‘i, ish tajribasi 17 yil. Rasulova Durdona – Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi filiali, Kommunikatsiya va axborot xizmati 1-toifali mutaxassisi – 1 yil davomida faoliyat olib bormoqda. Raqamli texnologiyalar vazirligi “O‘zbektelekom” AK faoliyatini va ayniqsa, ish jarayonida ayollar o‘rnini oshirishga bo‘lgan e’tiborni yuksak baholaydi.
Faylni tanlang