Soha yangiliklari

Uzum technologies kompaniyasi vakillari bilan yoshlarni IT yo‘nalishida o‘qitish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

Bugun, 6-aprel kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Uzum technologies kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.  “Uzum” – bu bir qator kompaniyalar guruhi bo‘lib, foydali xaridlar va qulay to‘lovlar uchun eng yaxshi xizmatlarni ishlab chiqadi.  Uning maqsadi – kundalik vazifalarni hal qilish va biznesni rivojlantirishga yordamlashish uchun raqamli xizmatlar ekotizimini yaratishdan iborat. Uchrashuv avvalida IT Park faoliyati, rezidentlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.  Shuningdek, kompaniya vakillari tomonidan turli IT yo‘nalishlarida kadrlarni o‘qitib, malakali mutaxassislar sonini ko‘paytirishni reja qilgani aytib o‘tildi. Yuqori bilimli mutaxassislarning ko‘payishi esa O‘zbekistonning xalqaro kompaniyalar uchun jozibadorligini yanada oshirish uchun xizmat qiladi.  Shu bilan birga, uchrashuvda IT-akademiya UZUM bilan hamkorlikda tajribali dasturchilarni jalb qilgan holda yoshlarni talabi yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarga tayyorlash kurslarini tashkil etish muhokama qilindi.
Faylni tanlang