Soha yangiliklari

2019 yilda internet xizmatlar tariflari arzonlashdi

                                                            

O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi matbuot anjumani o‘tkazdi. Kompaniya 2019 yilda qilingan ishlar va 2020 yil rejalari haqida jurnalistlarga ma’lumot berdi.

2019 yil davomida kompaniyaning Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan provayder va operatorlar uchun tashqi kanalga ulanish tariflari narxi 1 Mbit/s. uchun 85 ming so‘mdan 75 ming so‘mgacha (17 foizga) arzonlashtirilgandi. 2020 yilning 1 yanvaridan esa mazkur tarif 56 ming so‘mgacha (20 foiz) pasayishi kutilmoqda!

O‘zbekistonda 2019 yilda internet xizmatlariga tariflar o‘rtacha 4 baravarga arzonlashdi va simli internet tezligi butun O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun deyarli 2 baravarga oshdi.

«O‘zbektelekom» AK bugungi kunda aholi uchun eng yuqori — 100 Mbit/s. tezlikdagi tarif rejasini taqdim etmoqda. Internet narxi esa 3,5 baravardan ziyodga kamaygan.

Solishtirish uchun: 2018 yilda kompaniyaning eng yuqori tezlikdagi tarif rejasi 20 Mbit/s.dan oshmagan.

Faylni tanlang