Soha yangiliklari

Olmaotada "Globallashuv davrida raqamli kun tartibi" xalqaro forumi ish boshladi

Bugun Olmaotada "Globallashuv davrida raqamli kun tartibi" mavzuidagi xalqaro forum o‘z ishini boshlaydi. Forum bosh mavzusi zamonaviy trend va yo‘nalishlarni hisobga olgan holda, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.

 

Forumda MDH davlatlarining hukumat rahbarlari hamda mas’ul idora va tashkilotlar, shuningdek biznes va jamoatchilik vakillari ishtirok etadilar. Forumga AKT sohasining raqamli texnologiyalar yo‘nalishida yetakchi hisoblangan xalqaro ekspertlar taklif qilingan.

Forum dasturi bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. 

"Globallashuv davrida raqamli kun tartibi" xalqaro forumida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang