Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Andijon viloyati hududiy sho‘basi va Andijon shaxar IIB xodimlari bilan birgalikda 2024 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi radioelektron vositalar (REV) va yuqori chastotali qurilmalardan (YUCHQ) noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va qonunbuzarliklarga chek qo‘yishdan iborat edi.
Aniqlangan qonunbuzarlik
Tadbir davomida Andijon shahrida joylashgan “KIDDOM” chet tillarni o‘rgatuvchi bolalar bog‘chasining xodimlari noqonuniy ravishda REVlardan (ratsiyalar) foydalanib kelinayotgan aniqlandi. Ushbu REVlarning faoliyatiga chek qo‘yilib, Andijon shahar IIB xodimlari tomonidan belgilangan tartibda vaqtinchalik olib qo‘yildi.
Tushuntirish ishlari
Soha vakillari tomonidan REVlardan noqonuniy ravishda foydalanishning oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini olib borildi, jumladan:
· Elektromagnit xalaqitlarning paydo bo‘lishi;
· Jamoat xavfsizligiga tahdid solishi;
· Elektromagnit moslashuv shartlarining buzilishi.
Tadbirlarning ahamiyati
Bunday tadbirlar nafaqat qonunbuzarliklarni bartaraf etish, balki texnologik tartib va xavfsizlikni ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Radioelektron vositalardan foydalanish uchun zarur ruxsatnomalarni olish va qonunlarga qat’iy rioya qilish bu kabi holatlarning oldini olish uchun muhimdir.
Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi Atadjanov Q.