Soha yangiliklari

Andijon viloyatida yana 6 ta IT-maktablar tashkil etiladi

O‘zbekiston Prezidentining PQ-4851-son qaroriga asosan, respublikaning barcha tuman (shahar)larida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etish belgilangan bo‘lib, 2020-2021-yillar mobaynida Andijon viloyatida 7 ta IT-maktab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.  2022-yilda esa viloyatning Paxtaobod, Xo‘jaobod, Marhamat, Jalaquduq, Izboskan va Oltinko‘l tumanlarida ham xuddi shunday maktablar tashkil etish rejalashtirilmoqda.  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi hamda viloyat XTB vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan 6 ta IT-maktabning infratuzilmasi shart-sharoitlari va moddiy-texnika bazasi, axborot texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha imkoniyatlari o‘rganildi.
Faylni tanlang