Soha yangiliklari

Andijon viloyatida 6 ta IT-maktab o'z faoliyatini boshladi

Andijon viloyatining qator shahar va tumanlarida jami 6 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida Xonobod shahridagi IT maktabidan bir vaqtning o‘zida onlayn shaklda boshqa hududlarda ham ochilayotgan maktablar bilan aloqa o‘rnatildi va 6 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarning ochilishiga start berildi. Bugungi kunda Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarning soni 7 taga yetkazildi. Shuningdek, ushbu maktablarda ta'lim oluvchi o‘quvchilarning qamrov darajasi 240 nafarga yetdi.  
Faylni tanlang