Soha yangiliklari

Andijon viloyatida “Freelance Day” loyihasi doirasida mahorat darsi o‘tkazildi

Yoshlarni IT taʼlimga keng jalb etish, shaxsiy rivojlanishlari, malakali mutaxassislardan bilim va koʻnikmalarni olishlari uchun sharoit yaratish maqsadida “Digital City” texnoparki tomonidan amalga oshirilayotgan “Freelance day” loyihasi doirasida mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Dastlab, “Digital City” vakillari tomonidan tashrif buyuruvchilarga “Freelance day” loyihasi, “Digital City” va uning qoshidagi IT-akademiyasi haqida taqdimot namoyish etildi. Shundan soʻng tadbirning asosiy spikeri —  Daniyadagi “Odense technical school” da “Multimedia Dizayn” yoʻnalishida tahsil olgan, 5 yil davomida “Sae institute Dubai” oʻquv dargohida marketing sohasida faoliyat yuritgan, 22 yillik ish tajribasiga ega mohir dizayner Jaloliddin Karabayevga so‘z berildi. J. Karabayev grafika dizayni, SSM va marketing, brending, kelajak kasblari, biznes yoʻnalishlarida oʻz bilim va tajribasini yoshlar bilan oʻrtoqlashdi. Mahorat darsi soʻngida faol qatnashgan ikki ishtirokchiga “Digital City” akademiyasida tashkil etiladigan oʻquv kurslarida imtiyozli oʻqish uchun vaucher taqdim etildi. Ushbu tadbirda 60 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.  
Faylni tanlang