"EMMM" DUK yangiliklari

Andijon viloyatida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi

2-may kunidan 4-may kuniga qadar Andijon viloyati Izboskan tumanida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy hamda quyi tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalari bilan o‘tkazilishi belgilangan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashqini o‘tkazishdan asosiy maqsad – favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va oqibatlarini tugatish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi Andijon viloyati hududiy quyi tizimlarining boshqaruv organlari hamda kuchlarini samarali qo‘llash yuzasidan rahbarlar tarkibi va bo‘linmalarining hamkorligini takomillashtirishdan iborat.

Ushbu qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish uchun kerakli bilim ko‘nikmalarni olishdi.


 


 

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX tarmoq muhandisi Shodmonov U.B.

Faylni tanlang