"EMMM" DUK yangiliklari

Bo‘zatovda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi - Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2022‑yil 14‑yanvardagi 1-sonli buyrug‘iga asosan joriy yilning 7-8‑noyabr kunlari Bo‘zatov tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli korxona va tashkilotlar xodimlari ishtirokida “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy va funksional quyi tizimlar bilan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.

 

 

O‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqining asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish, kuch va vositalarni boshqarish hamda amaliy ko‘nikmalarni oshirishdan iborat.

 

 

O‘quv mashqi davomida shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat vaqtida to‘g‘ri harakat qilish va uning oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish bo‘yicha harakatlar amalda bajarildi.

 

 

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatining mas’ul xodimlari ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi.

 

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

EMMX 1-darajali radiooperatori A.Shimbergenov

Faylni tanlang