Soha yangiliklari

Buxoro viloyatining Buxoro va Jondor tumanlarida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi

Yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni o‘rganish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida hozirgi kunda Respublikamiz bo‘ylab Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari barpo etilmoqda.

Navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari Buxoro viloyatining Jondor va Buxoro tumanlarida ochildi.

Markazlar zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, ularda tuman yoshlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturlash asoslari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rganishi hamda mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xususiy korxona xodimlari malakalarini oshirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang