Soha yangiliklari

Buxoro viloyatida OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texonologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur oʻtkazildi. Press-tur davomida ishtirokchilar “Oʻzbektelekom” AK Buxoro filiali, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Buxoro filiali, “Uzmobile” filiali Buxoro bogʻlamasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad, viloyatda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar, telekommunikatsiya va raqamlashtirishdagi olib borilayotgan samarali ishlar bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirishdan iboratdir. Shuningdek, press-tur ishtirokchilari “Turon TV” telekom kompaniyasi Buxoro shahar filiali, “Beeline” uyali aloqa operatori Buxoro viloyat bosh ofisi hamda “Oʻzbektelekom” AK Buxoro filialiga qarashli “Yosh aloqachi” oromgohida boʻldi. Ishtirokchilar press-tur yakunida IT-park Buxoro viloyat filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.  
Faylni tanlang