"EMMM" DUK yangiliklari

Surxondaryo viloyati EMM xizmatida “Alisher Navoiy – millatimiz g‘ururi” mavzusida tadbir uyushtirildi.

O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, davlat arbobi-Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan tadbir Surxondaryo viloyati EMM xizmatida ham o‘tkazildi. Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad Alisher Navoiyning boy adabiy merosini o‘rganish va Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini, tarbiyaviy ahamiyatini xodimlarga chuqur singdirishdir.

 

 

Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligining cheksiz imkoniyatlarini namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egalladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Alisher Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy g‘oyalarning jahon tamaddunida tutgan o‘rnini hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatga ega.

 

 

 

 

Tadbir davomida so‘z mulki sultonining boy adabiy-ma’naviy merosi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Alisher Navoiy ijodiga mansub shoh asarlariga oid suratlar, video roliklar namoish etildi. Shoir qalamiga mansub she’r va g‘azallar aytildi. Bunday tadbirlar, qadriyatlarni e’zozlash, vatanparvarlik tuyg‘usi, o‘z tarixi, an’analari va ma’naviy qadriyatlariga hurmatni mustahkamlashga xizmat qilishligi ta’kidlandi.

 Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandisi Nizamov X.

Faylni tanlang