Soha yangiliklari

Muhim masalalardan biri - yoshlarga IT ta’lim olishda imkoniyatlarni yanada kengaytirish va ularni kelgusida ish bilan ta’minlash

Bugun, 10-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “PDP” akademiyasiga tashrif buyurdi. AKT vaziri Sh. Shermatov markazning faoliyati va u yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘quv markazda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan suhbat uyushtirilib, fikr va takliflar almashildi. “PDP” akademiyasi – bu dolzarb IT kasblar bo‘yicha o‘qitishga ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi. Mazkur markazda oflayn va onlayn tarzda 10 ta yo‘nalish bo‘yicha kurslar o‘qitilib, Android, Python, Java. iOS, Flutter, Frontend dasturlash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Hozirgi kunda markazda 60 nafar mentor va assistenlar mashg‘ulot o‘tkazib, 1,6 mingdan ortiq tinglovchilar tahsil oladi. Bitiruvchilarning soni 2 mingdan oshgan bo‘lib, ulardan 90 foizi ish bilan ta’minlangan. Ko‘plab bitiruvchilar yetakchi mahalliy va xalqaro kompaniyalarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Uchrashuv davomida AKT vaziri yoshlarga IT ta’lim olishda imkoniyatlarni yanada kengaytirish, ularni kelgusida ish bilan ta’minlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.  
Faylni tanlang