Soha yangiliklari

Namangan viloyati Chust tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Namangan viloyati Chust tumanida UCELL kompaniyasi rahbariyati va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Namangan viloyat Hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda UCELL kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha shikoyat, taklif va murojaatlar ko‘rib chiqildi.   

Sayyor qabulda UCELL kompaniyasi, Vazirlikning Namangan viloyati Hududiy boshqarmasi, “Uzkomnazorat” Namangan viloyat hududiy inspeksiyasi rahbarlari ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida 30 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning  barchasi nazoratga olindi.

Faylni tanlang