"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani IIBda o‘quv seminar tashkil etildi

Huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikdagi ishlar rejasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX muhandislari M.Dlekeev va N.Narimovlar 2026-yil 23-fevral kuni Chimboy tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan o‘quv seminar o‘tkazishdi.

photo2026-02-2414-52-46.jpg

O‘quv seminarga Chimboy tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik A.S.Masharipov raislik qildi.

Seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22‑dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tanishtirildi.

photo2026-02-2414-52-51.jpg

Nizom talablariga ko‘ra REV va YuChQlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha olib boriladigan hamkorlikdagi tadbirlarda ushbu hududdagi IIB jamoat xavfsizlik xizmati profilaktika inspektorlari qatnashishlari lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

photo2026-02-2414-52-56.jpg

O‘quv seminari savol-javob shaklida tashkil qilinib, noqonuniy foydalanilayotgan REVlar aniqlangan holatda hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-toifali muhandisi M.Dlekeev

Faylni tanlang