Soha yangiliklari

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida sayyor qabul uyushtirildi

26 mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul uyushtirildi.

Sayyor qabulda Vazirlikning viloyat hududiy boshqarmasi vakillari, Dehqonobod tumani hokimligi mutasaddilari, tizimning viloyatdagi korxona va tashkilotlari rahbarlari, hududlardagi mahallalar faollari, aholi va tadbirkorlik subyektlaridan iborat 80 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etdi.

Tadbir davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2019 yilda hududda tarmoqni rivojlantirish boʻyicha rejalar haqida soʻz yuritildi.

Tadbirda ishtirok etgan mahalla faollari ushbu hududda oʻzlarini qiynab kelayotgan muammolari, tegishli takliflarini bildirdilar. Ochiq suhbat tarzida tashkil etilgan, sayyor qabulda fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati shu kunning oʻzida joylarga chiqilib, bartaraf etildi.

Ushbu tadbirdan va soha yoʻnalishlarida olib borilayotgan ishlardan Dehqonobod tumani aholisi mamnun ekanini bildirdi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni ijobiy hal etish boʻyicha soha tashkilotlariga tegishli topshiriklar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang