"EMMM" DUK yangiliklari

ANDIJON VILOYATI JALAQUDUQ TUMANIDA QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2022-yil 11-yanvardagi 1-sonli buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 16-18-avgust kunlarida Andijon viloyati Jalaquduq tumanida Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi boshqaruv organlari rahbar xodimlari, fuqaro muhofazasi kuch va vositalari hamda tuman aholisini favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilishga, bu borada olingan amaliy va nazariy bilimlarni oshirishga, shuningdek, tumanning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holatini baholashga qaratilgan qo‘mondonlik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘quv mashqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi soha korxonalari bilan bir qatorda “EMMM” DUK markaziy apparati hamda Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati masʼul xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

Tadbir davomida shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi. "Kuydirgi kasalligi “A-22” virusi aniqlanishi" va uni tarqalishini oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida, samarali harakat qilish va kasallanganning oila aʼzolari va uy hayvonlarining 14 kunlik karantinga olinishi hamda ularning yashash joylarini dezinfeksiya qilish, doimiy tibbiy nazoratda kuzatish, kasallikning alomatlarini aniqlash va uni davolash choralarini amalga oshirilishi ko‘rsatilib barcha ishtirokchilarga bunday holatlarda qanday harakat qilish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX tarmoq muhandisi U.B.Shodmonov

Faylni tanlang