Soha yangiliklari

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimi o‘tkazildi.  Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi rahbar va xodimlari, tumanning ustoz-murabbiylari shuningdek, o'quvchi-yoshlar qatnashdi.

Shu bilan birga, barcha mehmonlar IT-markazda yoshlarning raqamli ta’lim olishi uchun to‘garak xonalari, o‘quv zali va kerakli texnikalar bilan ta’minlanganligi, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shinam xonalarga ega boʻlgan yangi markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmogʻi bilan taʼminlangan. Bu yerda tuman yoshlari uchun raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, robototexnika boʻyicha oʻquv kurslari tashkil qilinadi.

Shuningdek, markazda ushbu tuman korxona va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organi xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha malakasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang