Soha yangiliklari

Jizzax Axborot texnologiyalari texnikumida talabalar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan Jizzax Axborot texnologiyalar texnikumi talabalari uchun “Jizzax viloyatida Axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar va rejalar” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. O‘quv seminar davomida viloyatda amalga oshirilgan ishlar va yutuqlar to‘g‘risida texnikum talabalari uchun taqdimotlar o‘tkazildi. Suhbat davomida talabalar tomonidan ushbu sohaga qiziqishlari bo‘yicha berilgan savollarga hududiy boshqarma xodimlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Faylni tanlang