Soha yangiliklari

Jizzax viloyatida “Foundation” dasturiga start berildi

Yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirib, ushbu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash va kelajakda IT eksportlar xizmatlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Jizzax viloyatida ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Xususan, IT Park va Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat yoshlari uchun “Foundation” dasturiga start berildi. Shuningdek, ushbu dasturda viloyat yoshlari informatikaga kirish va dasturlash bo‘yicha mutaxassislik fanlari, chuqurlashtirilgan ingliz tili kurslari hamda tashkiliy jarayon bilan yaqindan tanishdilar. Eslatib o‘tamiz, ushbu kurslarni muvaffaqiyatli bitirgan yoshlar IT Parkda onlayn o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Faylni tanlang