Soha yangiliklari

Jizzaxda MFY yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park Jizzax filiali va Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi hamkorligida Jizzax shahridagi 34 ta hamda Zafarobod tumanidagi 10 ta MFYda “Yoshlar yetakchilari” uchun “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminar davomida “Yoshlar yetakchilari” bilan mahallalardagi yoshlarni zamonaviy kasblar bilan bandligini ta’minlash va turli xil tadbir va loyihalar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishildi. Mahalladagi uyushmagan yoshlarni ushbu loyihaga jalb qilish hamda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida sertifikat olganlarga kompyuter xaridi uchun iste’mol krediti ajratish va uni kompensatsiya qilib berish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, mahallalardagi yoshlar yetakchilarining o‘zlari ham seminar davomida “Bir million dasturchi” platformasida ro‘yxatdan o‘tib ishtirokchi sertifikatiga ega bo‘lishdi.
Faylni tanlang