"EMMM" DUK yangiliklari

Jizzax viloyatida hamkorlikda radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi

Joriy yilning 24-yanvar kuni “2023-yil uchun korxonalar o‘rtasida tuzilgan va tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan noqonuniy foydalanishni oldini olish rejasi”ga asosan Jizzax viloyati IIB, “O‘zkomnazorat” Jizzax viloyati hududiy inspeksiyasi va Jizzax viloyati EMMX xodimlari bilan hamkorlikda Jizzax viloyati Zarbdor tumani hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirda tumandagi tashkilot, korxonalar va aholi yashaydigan hududlarda noqonuniy ravishda o‘rnatilgan va ishlatilayotgan radioelektron vositalarni aniqlash maqsadida tashqi kuzatuv ishlari bajarildi.

 

 

Tayyorladi: Jizzax viloyati EMMX 1-toifali muhandisi M.B.Ashirmatov

Faylni tanlang