Soha yangiliklari

Jizzax viloyati Forish tumanida “Bir millon dasturchi” loyihasi doirasida seminar trening tashkil etildi

Seminarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park Jizzax filiali, IT markaz Forish tumani mutaxassislari tomonidan barcha mahalla yetakchilari uchun AKT sohada frilanserlik qilish, internetda daromad qilish mavzulari bo'yicha hayotiy misollar ko'rsatildi. Seminar davomida "Yoshlar yetakchilari" bilan mahallalardagi yoshlarni zamonaviy kasblar bilan bandligini ta'minlash va turli xil tadbir va loyihalar tashkil etish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishildi. Mahalladagi uyushmagan yoshlarni ushbu loyihaga jalb qilish hamda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida sertifikat olganlarga kompyuter xaridi uchun iste’mol krediti ajratish va uni kompensatsiya qilib berish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari berildi. Shuningdek mahallalardagi yoshlar yetakchilarining o'zlari ham seminar davomida "Bir million dasturchilari" platformasida ro'yxatdan o'tib ishtirokchi sertifikatiga ega bo‘lishdi.
Faylni tanlang