Soha yangiliklari

Forish tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Jizzax viloyati Forish tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korxona, tashkilot va muassasalarning viloyatdagi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi. Qabul davomida 2021-yilda Jizzax viloyati, shu jumladan, Forish tumani bo‘yicha soha yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda 2022-yil mobaynida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida yig‘ilganlarga maʼlumotlar berildi. Shuningdek, aloqa va telekommunikatsiya, radio va televideniye, axborot texnologiyalari sohasida xizmatlar hajmi, sifati va narxi kabi masalalar yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar hal etilib, o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi hamda o‘rganib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.  
Faylni tanlang