Soha yangiliklari

Farg‘onada BPO School o‘quvchilari uchun “Welcome day” bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona shahrida yakuniy suhbatdan o‘tgan BPO School o‘quvchilari uchun “Welcome day” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, IT Park, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali hamda RevoTech kompaniyasi rahbarlari ishtirok etdi. Joriy yil 13-yanvar kuni Farg‘ona viloyatida ochilayotgan BPO korxonalariga ishga joylashish istagida bo‘lganlar bilan yakuniy suhbatlar o‘tkazilgan edi. Jami 150 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, ulardan 50 nafari birinchi bosqichdan o‘tgan. Yakuniy suhbatdan o‘tganlarning 22 nafari uchun TATU Farg‘ona filialida o‘quv jarayonlari  boshlandi. Ushbu 22 kishi BPO kompaniyasiga ishga olinishidan oldin universitetda bir oylik trening va Toshkent shahrida amaliyotdan o‘tadi. Bo‘lajak BPO mutaxassislar AQShda yuk tashish mashinalari biznes jarayonini Farg‘onada turib boshqarishadi. Shunday qilib, ular o‘z yurtida xorijiy tajriba va yuqori daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Faylni tanlang