"EMMM" DUK yangiliklari

Farg‘ona viloyatida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi

2023-yil 15-fevral kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK rahbariyati va Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali majlislar zalida sayyor qabul oʻtkazildi. Ushbu Sayyor qabulda Farg‘ona viloyatidagi bir qancha korxona va tashkilotlarning xodimlari hamda talaba yoshlar ham ishtirok etishdi.

Qabul chog‘ida radiochastotalarni taqsimlash sohasiga oid yangi normativ hujjatlar, “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining asosiy vazifa va funksiyalari, erishilgan yutuqlar va yaqin kelajakdagi istiqbolli rejalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga oid ma’lumotlar berildi.


 

Murojaatlar bilan ishlash, aloqa xizmatlari sifatini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Sayyor qabul yakunlangach, Farg‘ona viloyati EMMX boshlig‘i Mirzaahmedov A.Z. viloyatdagi barcha korxonalar – REV egalari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani hamda Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida gapirdi. Sayyor qabul davomida tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga atroflicha javob oldilar.

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX muhandisi N.Mirzamaxmudov

Faylni tanlang