Joriy yilning 2-4-avgust kunlari Farg‘ona viloyati Bag‘dod va Rishton tumanlarida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Farg‘ona viloyatining soha korxonalari bilan qo‘mondonlik-shtab maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.


O‘quv mashqlariga FV boshqarmasi hududiy quyi tizimi organlari rahbarlar tarkibi hamda ularning kuch va vositalari jalb etildi. O‘quv mashqining asosiy maqsadi - xabar bеrish tizimining tayyorgarligi va barqaror ishlashini tеkshirish, FV boshqarmasi hududiy quyi tizimi organlarining favqulodda vaziyatlarda funksional vazifalarini bajarish yo‘nalishlarini aniqlashtirish, avariya-qutqaruv va boshqa kеchiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarishda moddiy-tеxnik ta’minot masalalarini hal etish, yuzaga kеlgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, FV boshqarmasi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini ko‘rib chiqish


o‘quv mashqining asosiy maqsadi etib bеlgilandi. O‘quv mashg‘uloti davomida Bag‘dod tuman tibbiyot birlashmasi qoshidagi birinchi tibbiy yordam, ko‘psonli jabrlanganlarni qabul qilish, ogohlantirish, qutqarish va yordam berish, bino va inshootlarda yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, talofat ko‘rgan binolardan jabrlanganlarni qidirib topish va xavfsiz hududga ko‘chirish kabi amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi organlari xodimlarining soha yo‘nalishidagi bilim-ko‘nikmalari oshirildi.


Ushbu qo‘mondonlik-shtab maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotida “EMMM” DUK va Farg‘ona viloyati EMMX hodimlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi.
Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Sh.Sadixanov