2024-yil 5-iyun kuni Sirdaryo viloyati EMMX, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Sirdaryo viloyati hududiy sho‘basi hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamkorligida Guliston shahrida noqonuniy ravishda foydalanilayotgan REVlarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Guliston shahrida joylashgan uchta umumiy ovqatlanish korxonalarida noqonuniy ravishda foydalanilayotgan jami 18 dona REVlar aniqlandi.