Soha yangiliklari

Janubiy Koreyalik IT mutaxassislar ishtirokida o‘quv-trening tashkil etildi

Qarshi shahrida Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda 2 kunlik o‘quv-trening bo‘lib o‘tdi. O‘quv treningning 2-kunida maktab yoshlarini IT sohasiga tayyorlash va robototexnika bilan tanishtirib borish maqsadida koreyalik mutaxassislar tomonidan yaratilgan Entry o‘quv platformasiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Trening davomida ishtirokchilar  o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va o‘zining  faolligi bilan ajralib turgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Faylni tanlang