"EMMM" DUK yangiliklari

Marg‘ilon shahrida mobil aloqa qamrovini o‘rganish

2022-yilning 20-21-22-oktabr kunlari Marg‘ilon shahrida “Atlas bayrami” an’anaviy to‘qimachilik festivali bo‘lib o‘tdi. Marg‘ilon shahrida mobil aloqa operatorlarining qamrovini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Farg‘ona viloyati hududiy inspeksiyasi, Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari bilan hamkorlikda 2022-yil 17-oktabr kuni radiomonitoring tadbirlari oʻtkazildi.

Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari tomonidan maxsus radiomonitoring o‘lchov qurilmalari yordamida GSM, UMTS, LTE, CDMA standartlarida mobil aloqa qamrovining holati o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida mobil aloqa qamrovi qoniqarli bo‘lmagan hududlar to‘g‘risida ma’lumotlar Vazirlikning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi orqali mobil aloqa operatorlariga tadim etilib, qisqa muddatlarda ushbu kamchiliklar bartaraf etildi.

“Atlas bayramiga” tashrif buyurgan chet ellik sayyohlar va shahrimiz mehmonlari aloqa sifatidan mamnun bo‘lishdi.


Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX muhandisi D.Koxxorov

Faylni tanlang