"EMMM" DUK yangiliklari

Nukus shahrida noqonuniy foydalanilayotgan REVlarni aniqlash bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi №801-sonli Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni respublika hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki o‘rnatish, qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan 2022-yilning 28-noyabr kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX va Ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida radioelektron vositalardan noqonuniy foydalanishni to‘xtatish to‘g‘risida oldin berilgan ogohlantirishga qaramasdan, 4 dona “Baofeng BF-888C” rusumli olib yuruvchi radiostansiyalardan takroran, noqonuniy ravishda ruxsat etilmagan chastota tasmasida foydalanayotgan qurilish tashkiloti aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan IIV mas’ul xodimi tomonidan ashyoviy dalil sifatida vaqtincha olish dalolatnomasi rasmiylashtirilib, noqonuniy foydalanishda bo‘lgan radioelektron vositalarning faoliyatiga chek qo‘yildi.

REV egasiga radioelektron vositalardan qonuniy foydalanish tartibi to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-toifali muhandisi N.Narimov

Faylni tanlang