"EMMM" DUK yangiliklari

Nukusda “Epidemiologik vaziyatlar, ulardan aholi va hududlarni muhofaza qilish” mavzusida maxsus-taktik amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in havfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2021-yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2022-yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi 2022-yil 11‑yanvardagi 1-son buyrug‘iga asosan, joriy yilning 15-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli korxona va tashkilotlar xodimlari ishtirokida Nukus shahrida “Epidemiologik vaziyatlar, ulardan aholi va hududlarni muhofaza qilish” mavzusida hamkorlikda ko‘rgazmali maxsus-taktik amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi. Mazkur tadbirda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning fuqaro muhofazasi bo‘yicha 2-toifali muhandisi Sh.Normuradov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMXning 1‑toifali muhandisi A.Kartbayevlar kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.

Mashg‘ulot davomida shartli ravishda sodir etilgan epidemiologik vaziyatlar sharoitida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar xodimlarining barcha harakatlari qayta sinovdan o‘tkazildi. O‘quv mashqining rejasiga ko‘ra, favqulodda vaziyat ro‘y bergan hududdan odamlarni evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, evakuatsiya qilingan insonlarni maxsus tayyorlangan punktlarga joylashtirish va boshqa amaliyotlar o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotlariga mahalliy aholi ham jalb etildi. Tadbirda kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining tayyorgarligi to‘liq namoyish qilinib, yuqori saviyada o‘tkazildi.

QR EMMX 1-toifali muhandisi A.Kartbayev

Faylni tanlang