"EMMM" DUK yangiliklari

Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli Qaror  ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 19-oktabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi mutaxasisslari tomonidan qo‘shma reyd tadbiri o‘tkazildi va quyidagilar aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A.Petrov (ismi sharifi o‘zgartirilgan) tomonidan Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “BAOFENG BF-888S” rusumli 200 (ikki yuz) dona radioelektron vositalarni (REVlarni) muvofiqlik sertifikatisiz hamda maxsus ruxsatnomalarsiz aylanma yo‘llar orqali O‘zbekiston Respublikasi hududiga REVlarni olib kelib, sotayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda fuqaro A.Petrovning xatti-harakatlari noqonuniy deb topildi va unga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilib, tovar-moddiy boyliklari qonunchilikda belgilangan tartibda musodara qilindi.

Tayyorladi: “EMMM” DUK RNvaTRX 1-toifali muhandisi Y.Kuryazov

Faylni tanlang