"EMMM" DUK yangiliklari

Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasida o‘quv seminari o‘tkazildi

2022-yil 20-iyun kuni Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan “Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasi bilan 2022-yilda mo‘ljallangan hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi” ijrosi doirasida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasi xodimlari Buxoro viloyati EMMX faoliyati, uning funksional vazifalari, radiomonitoring tizimining umumiy texnik imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YChQlardan foydalanish tartibi bilan tanishdilar.

Seminar ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida Nizom” batafsil o‘rganib chiqildi.

Yuqoridagi Nizom talablarini o‘rganish davomida viloyat hududida REV va YChQlarni noqonuniy ravishda sotish holatlari aniqlanganda Buxoro viloyati EMMX va Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi batafsil tushuntirib berildi. Shuningdek, zaruriy holda Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan REV va YChQlar ekspert xulosasini tayyorlash uchun Buxoro viloyati EMMXga yuborilishi mumkinligi haqida ma’lumot berildi. O‘z navbatida, Buxoro viloyati EMMX xodimlari REV va YChQlar taqdim etilgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay belgilangan shakldagi texnik ekspertiza dalolatnomasini rasmiylashtirib berishlari hamda bu bilan bog‘liq xarajatlar Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasi mablag‘lari hisobiga qoplanishi kerakligi haqida ma’lumot berildi.

O‘quv seminari davomida Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblarni oldilar.

 

Tayyorladi: Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R.Odilov

Faylni tanlang